Рус
Toshkent
, Samarqand
, Moskva
, Istanbul
, Dubay
Toshkent
, Moskva
, Dubay
, Istanbul
, S. Peterburg
14 Iyul
, 15 Iyul
17 Iyul
, 21 Iyul
1 yoʼlovchi
Murakkab marshrut
Qidiruv shaklini berkitish

Bagaj himoyasi

Bagajning kechikishi yoki yoʼqolishi xavfi har qanday parvozda mavjud.«Bagaj himoyasi» xizmati bilan bagajingiz manzil aeroportiga siz bilan birga yetib kelmagan taqdirda qoʼshimcha yordam olasiz.

Xizmat kechikkan bagajning joylashuvini kuzatishga yordam beradi, uning tezroq qaytarilishi uchun aviakompaniya bilan hamkorlik qiladi hamda qidiruv holati haqida sizni elektron pochta, SMS va WhatsApp orqali muntazam xabardor qilib boradi.

Agar bagaj reys kelganidan keyin 96 soat ichida manzil aeroportiga yetkazib berilmasa, har bir bagaj birligi uchun 1 000 AQSH dollarigacha kompensatsiya nazarda tutilgan.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

  1. Aviachipta bron qilish vaqtida buyurtmangizga «Bagaj himoyasi» xizmatini qoʼshing.
  2. Bagaj kechikkan yoki yoʼqolgan taqdirda, har bir aeroportda joylashgan “Lost & Found” bagaj qidiruv xizmatiga murojaat qiling, parvozingizni amalga oshirgan aviakompaniyaga ariza yozing va bagajingizning identifikatsiya yoki seriya raqamini (file reference/locator number), shuningdek Property Irregularity Report (PIR) hujjatini va uning raqamini (PIR / File Reference Number) oling.
  3. Qoʼnganingizdan keyin 24 soat ichida xizmat koʼrsatuvchi kompaniya saytida bagaj qidiruvi uchun onlayn arizani toʼldiring yoki 24 soat ishlaydigan qoʼllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Barcha aloqa maʼlumotlari va batafsil yoʼriqnoma toʼlov amalga oshirilgandan soʼng elektron pochtangizga yuboriladi.
  4. Xizmat mutaxassislari bagajni kuzatishni boshlaydi va sizni qidiruv jarayoni hamda natijalari haqida xabardor qilib boradi.
  5. Agar bagaj reys kelganidan keyin 96 soat ichida topilib sizga yetkazib berilmasa, xizmat tomonidan dastur shartlariga muvofiq kompensatsiya mablagʼi kartangizga oʼtkazib beriladi.

Bilish muhim

  • Xizmat xalqaro kompaniya tomonidan taqdim etiladi va sugʼurta dasturi hisoblanmaydi;
  • Xizmatlar faqat xalqaro reyslar uchun koʼrsatiladi;
  • Parvoz amalga oshirilgandan keyin xizmat qiymati qaytarilmaydi;
  • Xizmat faqat aviakompaniya tomonidan roʼyxatdan oʼtkazilgan yoʼlovchi bagajiga tatbiq etiladi;
  • Maksimal kompensatsiya har bir bagaj birligi uchun 1 000 AQSH dollarigacha boʼlib, bir yoʼlovchi uchun koʼpi bilan ikki dona bagaj uchun toʼlanadi;
  • Bagaj sizga 96 soatdan keyin qaytarilgan taqdirda ham kompensatsiya toʼlanishi kafolatlanadi;
Bookhara.uz portalida foydalaniladigan maʼlumotlar, jumladan elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari, shuningdek, aviareyslar, poyezdlar, avtobuslar jadvali rasmiy manbalardan olingan. Elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari Bookhara.uz hamkorlari tomonidan taqdim etiladi va ularning narxi Bookhara.uz xizmati toʼlovi hisobga olingan holda koʼrsatiladi. Umumiy summani buyurtmani tasdiqlash bosqichida koʼrish mumkin. Materiallardan foydalanishda Bookhara.uz saytiga havola koʼrsatilishi shart.