Рус
Toshkent
, Samarqand
, Moskva
, Istanbul
, Dubay
Toshkent
, Moskva
, Dubay
, Istanbul
, S. Peterburg
19 Iyul
, 20 Iyul
22 Iyul
, 26 Iyul
1 yoʼlovchi
Murakkab marshrut
Qidiruv shaklini berkitish

TOʼLOV USULLARI

Bizda Mijozlarimiz toʼlovlarni amalga oshirishning bir nechta usullaridan foydalanishlari mumkin boʼlib, ularning barchasida shaxsiy maʼlumotlarning toʼliq xavfsizligi va daxlsizligi kafolatlanadi.

Tanlangan toʼlov usulidan qatʼi nazar, hisob-kitob milliy valyuta – oʼzbek soʼmida amalga oshiriladi.

Jismoniy shaxslar quyidagilar orqali toʼlov qilishlari mumkin:

  • HUMO va UzCard milliy kartalari;
  • VISA, MasterCard, MIR va SBP kartalari;
  • Kompaniyaning «Gagarin» kuchasida joylashgan kassasida naqd pul bilan.

Yuridik shaxslar quyidagilar orqali toʼlov qilishlari mumkin:

  • UzCard korporativ kartasi;
  • Bank oʼtkazmasi orqali.

XAVFSIZLIK

Xizmatlarimiz uchun toʼlovlarni amalga oshirishda biz toʼliq xavfsizlikni kafolatlaymiz va bunda toʼlovchining maxfiy maʼlumotlari (karta rekvizitlari, roʼyxatdan oʼtish maʼlumotlari va boshqalar) Bookhara.uz saytiga kelib tushmaydi, balki ularni qayta ishlash xavfsizlik protokollari bilan himoyalangan toʼlov tizimlari saytlarida amalga oshiriladi.

VISA, MasterCard, MIR va SBP kartalari boʼyicha toʼlovlarni qayta ishlashda shaxsiy maʼlumotlarni qoʼshimcha himoya qilishni taʼminlaydigan 3D-Secure texnologiyasidan foydalaniladi.

KARTA ORQALI TOʼLOV QILISHDAGI NOZIK JIHATLAR

Kartangiz orqali onlayn toʼlovlarni amalga oshirish mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun bankingizga oldindan murojaat qilib buni aniqlab olishingizni tavsiya qilamiz.

Kartani avtorizatsiya qilishda uning rad etilishiga quyidagilar sabab boʼlishi mumkin:

— kartada mablagʼ yetarli emas;
— karta bloklangan;
— karta maʼlumotlarini kiritish uchun kutish muddati tugagan;
— kiritilgan maʼlumotlar xato;
— kartani chiqargan bank Internetda toʼlovlarni amalga oshirishga taqiq yoki cheklov oʼrnatgan.

Avtorizatsiyani rad etish sababiga qarab, Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

— kartani chiqargan bankka izoh soʼrab murojaat qilish;
— boshqa karta yordamida toʼlovni takroran amalga oshirishga urinib koʼrish;
— boshqa mavjud toʼlov usulini tanlash

Bookhara.uz portalida foydalaniladigan maʼlumotlar, jumladan elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari, shuningdek, aviareyslar, poyezdlar, avtobuslar jadvali rasmiy manbalardan olingan. Elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari Bookhara.uz hamkorlari tomonidan taqdim etiladi va ularning narxi Bookhara.uz xizmati toʼlovi hisobga olingan holda koʼrsatiladi. Umumiy summani buyurtmani tasdiqlash bosqichida koʼrish mumkin. Materiallardan foydalanishda Bookhara.uz saytiga havola koʼrsatilishi shart.