Рус
Qidirish shaklini ochish

“APEX INSURANCE” MChJ SUGʼURTA XIZMATLARI ISTEʼMOLCHISIGA UMUMIY ESLATMA

Safar oldidan sugʼurta hodisasi roʼy berganda qanday harakat qilish tartibi, shuningdek, sugʼurta pulini olish uchun zarur boʼlgan hujjatlar roʼyxati bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz. Ushbu maʼlumotni “Sugʼurta hodisasi yuz berganda tomonlarning harakatlari. Sugʼurta toʼlovlarini amalga oshirish tartibi” boʼlimidagi Qoidalar va/yoki Polis shartlarida topish mumkin.

REYSNING KECHIKTIRILISHINI/BEKOR QILINISHINI SUGʼURTALASH

“Reysni kechiktirish va bekor qilish” xavfini sugʼurtalash sayohatchining sayohatni davom ettirishni kutish bilan bogʼliq kutilmagan xarajatlarini qoplash imkonini beradi. Bunday holda, kechikish kamida 4 (toʼrt) toʼliq soatni tashkil etishi kerak.

Shuni yodda tutish kerakki, har qanday reysning kechikishi sugʼurta bilan qoplanmaydi. U tabiiy ofat, qurolli yoki ijtimoiy mojarolar, hukumatning ushbu yoʼnalishdagi parvozlarni taqiqlashi, aeroport xodimlarining ish tashlashi va tashuvchi aviakompaniyalarga bogʼliq boʼlmagan boshqa fors-major holatlari uchun qoʼllanilmaydi.

Mazkur holatda sugʼurta obyekti Sugʼurta qildiruvchining aviareysni kechiktirish yoki bekor qilish natijasida kutilmagan xarajatlarning kelib chiqishi xavfi bilan bogʼliq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

Sugʼurta hodisasi – sugʼurta polisi amal qiladigan davrda va sugʼurta polisi amal qiladigan hududida toʼsatdan sodir boʼlgan quyidagi holatlar natijasida Sugʼurta qildiruvchida kutilmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan hodisa:

  • reysning amalga oshirilishiga xalaqit beradigan transport vositasining toʼsatdan mexanik buzilishlari yoki elektron nosozliklari natijasida aviareysning (kelishi/joʼnashining) kechikishi;
  • tashuvchi tomonidan reysning bekor qilinishi.

Agar reys kechiktirilgan boʼlsa, aeroportdagi maʼlumot ustunida marshrut kvitansiyasiga haqiqiy joʼnash vaqti va kechikish sababini koʼrsatgan holda “reys kechiktirildi” belgisini qoʼyish kerak. Shuningdek, samalyotga chiqish talonini va reysning kechikishi vaqtida qilingan xaridlar boʼyicha barcha cheklarni saqlab qoʼyish kerak. Sugʼurta kompaniyasiga xarajatlarni qoplash toʼgʼrisidagi ariza sayohatdan qaytgandan keyingi 3 kun ichida topshirilishi shart.

SUGʼURTA POLISINING AMAL QILISH MUDDATI

Bir tomonga tashish davri uchun va u yerga va orqaga tashish davri uchun.

SUGʼURTALANGAN SHAXS QUYIDAGILARGA MAJBUR:

  • taqdim etilgan jadvalga muvofiq reysga roʼyxatdan oʼtish;
  • tashuvchilardan yoki ularning agentlaridan kechikish va/yoki bekor qilish toʼgʼrisida, kechikishning qancha davom etganligi va aviareysning kechikishi va/yoki bekor qilinishi sabablarini koʼrsatilgan yozma tasdiqnoma olish;
  • Oʼzbekiston Respublikasi hududiga qaytganidan keyin 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay Sugʼurta hodisasi toʼgʼrisidagi Sugʼurtalovchiga yozma shaklda ariza bilan murojaat qilish va barcha zarur hujjatlarni taqdim etish.

SUGʼURTA HODISASINI TAN OLISH UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

Hujjatlar chet tilida tuzilgan boʼlsa, notarius yoki tarjima agentligi/byurosi tomonidan tasdiqlangan davlat tiliga qilingan, kerakli tartibda tasdiqlangan tarjimasi boʼlishi kerak.

  • Sugʼurta polisining asli yoki nusxasi;
  • chiptaning (chiqish talonining) va yuk kvitansiyalarining asli;
  • sugʼurtalangan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • transport kompaniyasining transport vositasi reysining kechikkanligi va/yoki bekor qilinganligini tasdiqlovchi, kechikish va/yoki bekor qilinish sababi va davomiyligi koʼrsatilgan rasmiy xati;
  • joʼnab ketishning kechikkaligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma va/yoki hujjatlar: tashuvchining ish aylanmasi qoidalariga muvofiq tashishning amalda boshlangan vaqtini koʼrsatuvchi belgilar (bortga chiqish/parvoz talonida, yoʼlovchi kuponida va h.k).

SUGʼURTA PULI VA UNI HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

Sugʼurta toʼlovi dastlabki 4 (toʼrt) toʼliq soatdan keyin aviareys kechiktirilgan har bir toʼliq soat uchun 500 000 (besh yuz ming) soʼm miqdorida, lekin sugʼurta polisida belgilangan sugʼurta summasidan koʼp boʼlmagan miqdorda toʼlanadi.

Sugʼurta summasi 5 000 000 (besh million) soʼmni tashkil etadi.

SUGʼURTA HODISASI HAQIDA OGOHLANTIRISH TARTIBI

Agar sayohat paytida sugʼurta hodisasi yuzaga kelsa, u holda sugʼurta polisida koʼrsatilgan Xizmat koʼrsatish markazi raqamlariga qoʼngʼiroq qiling va xodimlarning koʼrsatmalariga amal qiling.

SUGʼURTA HODISA HAQIDA XABAR BERISH MUDDATI

Siz sayohatdan qaytgan kundan boshlab 3 kalendar kundan kechiktirmay toʼlov uchun murojaat qilishingiz mumkin.
Toʼlov uchun barcha zarur hujjatlar bilan birga topshirilgan ariza 10 (oʼn) ish kuni ichida koʼrib chiqiladi.
Shundan soʼng 3 (uch) ish kuni ichida Sugʼurta dalolatnomasi tuziladi va imzolanadi yoki asos koʼrsatilgan holda rad javobi yuboriladi.
Sugʼurta badalini toʼlash qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 (oʼn) ish kuni ichida amalga oshiriladi.

“AREX INSURANCE” MChJ KOMPANIYASI HAQIDA

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 20.04.2019 yildagi SF 00241-sonli litsenziyasi.
Yuridik manzili: Toshkent sh., Buyuk Ipak yoʼli koʼchasi, 154 A uy
+ (998 71) 203 08 08 (1188)
apexinsurance.uz

© 2021-2025. Barcha huquqlar himoyalangan
Официальный Партнёр Авиасейлс в Узбекистане
IT-park Oʼzbekiston rezidenti
Oʼzbekiston Savdo-Sanoat Palatasi aʼzosi
Oʼzbekiston Xususiy Sayyohlik Tashkilotlar Assotsiatsiyasi aʼzosi
Oʼzbekiston Elektron Tijorat Assotsiatsiyasi aʼzosi
Bookhara.uz portalida foydalaniladigan maʼlumotlar, jumladan elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari, shuningdek, aviareyslar, poyezdlar, avtobuslar jadvali rasmiy manbalardan olingan. Elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari Bookhara.uz hamkorlari tomonidan taqdim etiladi va ularning narxi Bookhara.uz xizmati toʼlovi hisobga olingan holda koʼrsatiladi. Umumiy summani buyurtmani tasdiqlash bosqichida koʼrish mumkin. Materiallardan foydalanishda Bookhara.uz saytiga havola koʼrsatilishi shart.