Рус
Toshkent
, Samarqand
, Moskva
, Istanbul
, Dubay
Toshkent
, Moskva
, Dubay
, Istanbul
, S. Peterburg
2 Avg
, 3 Avg
5 Avg
, 9 Avg
1 yoʼlovchi
Murakkab marshrut
Qidiruv shaklini berkitish
Muallif: Bookhara qoʼllab-quvvatlash jamoasi
Tekshirdi: Bookhara aviachiptalar boʼyicha mutaxassisi
Yangilangan: 17.11.2025
Oʼqish vaqti 2 daqiqa

Qo'l yuki

Sayohatga tayyorgarlik ko'rayotganda, noxush holatlardan qochish uchun samolyot bortiga nimalarni olib chiqish mumkinu, nimalarni olib chiqish mumkin emasligini tekshirishni unutmang.

Qo'l yuki sifatida nimalarni olib chiqish mumkin:

  • Mobil telefon.
  • Chet el pasporti.
  • Vaucher, sug'urta va aviachiptalar.
  • Har xil qiymatdagi valyuta va bank kartasi.
  • Telefon uchun zaryadlovchi.
  • Bolani olib ketish uchun hujjatlar (ishonchnoma, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma va boshqalar).
  • Parvoz uchun dori-darmonlar va ularga retseptlar (shpritslar va psixotrop dorilarni ham o'z ichiga oladi).
  • Bagajga topshirish tavsiya etilmaydigan qimmatbaho buyumlar.
  • Agar chet elda mashina ijaraga olmoqchi bo'lsangiz, xalqaro haydovchilik guvohnomasi.
  • Agar parvozda ovqatlanish kiritilmagan bo'lsa, sendvichlar va yengil taomlar.
  • Bagaj yo'qolgan taqdirda, mehmonxonada dastlabki kunlar uchun "qolish" uchun zarur narsalar to'plami.

Qo'l yukiga nimalarni olib chiqish mumkin emas:

  • Ruxsat etilgan qo'l yuki og'irligi va hajmini, shuningdek, nostandart bagajni tashish qoidalarini aviakompaniya veb-saytidan oldindan aniqlashtiring.
  • Shuni unutmangki, hajmi 100 ml dan oshgan har qanday suyuqlik bojxona nazoratidan o'tkazishda olib qo'yiladi. Bu qoida bolalar ovqati va retseptli dori-darmonlarga taalluqli emas. Agar o'zingiz bilan suv olmoqchi bo'lsangiz, bojxonadan o'tgandan keyin Duty Free do'konidan sotib olib, bortga olib chiqishingiz mumkin.
  • O'tkir va kesuvchi buyumlar qo'l yukiga kiritilmaydi. Istisno sifatida retsept bo'yicha berilgan shpritslar va glyukometrlar hisoblanadi.
  • Aerosollar va oson yonuvchi buyumlar, shu jumladan, bojxona xodimi qaroriga ko'ra ba'zi dori-darmonlar ham bojxonada olib qo'yiladi.

Material maʼlumotnoma xarakteriga ega.

Qoidalar, shartlar va boshqa maʼlumotlar aviakompaniya, tarif, yoʼnalish, boriladigan mamlakat hamda Bookharaʼga bogʼliq boʼlmagan boshqa sabablarga koʼra farq qilishi mumkin.

Bookhara.uz portalida foydalaniladigan maʼlumotlar, jumladan elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari, shuningdek, aviareyslar, poyezdlar, avtobuslar jadvali rasmiy manbalardan olingan. Elektron aviachiptalar va temir yoʼl chiptalari, avtobus chiptalari, elektron sugʼurta polislari va boshqa sayyohlik mahsulotlari Bookhara.uz hamkorlari tomonidan taqdim etiladi va ularning narxi Bookhara.uz xizmati toʼlovi hisobga olingan holda koʼrsatiladi. Umumiy summani buyurtmani tasdiqlash bosqichida koʼrish mumkin. Materiallardan foydalanishda Bookhara.uz saytiga havola koʼrsatilishi shart.