“GROSS INSURANCE” MChJ SUGʼURTA XIZMATLARINI ISTEʼMOLCHISIGA UMUMIY ESLATMA
Chet elga sayohat qilmoqchi boʼlgan har bir kishi sayyoh sugʼurtasi poyezd yoki samolyot chiptalari kabi muhim ekanligini bilishi zarur. Sayyoh sugʼurtasi narxi chet eldagi tibbiy xarajatlar narxi bilan oʼlchanmagan. Agar sayohat vaqtida shifokor yoki shifoxona xizmatlari toʼsatdan kerak boʼlib qolganda ular uchun oʼz choʼntagidan toʼlamaslik uchun, polis sotib olishi kerak. U sizni kutilmagan sayohat xarajatlaridan himoya qiladi. Shuningdek, chet elga chiqish uchun tibbiy sugʼurtasiz viza olish va baʼzan hatto mamlakatga kirish ham imkonsiz.
SAYOHATCHINI SUGʼURTALASH
Sugʼurta dasturi – bu mazkur Oferta doirasida Sugʼurtalangan shaxsga koʼrsatilishi mumkin boʼlgan tegishli sugʼurta summalariga ega xizmatlar majmuasi. U quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
- Tibbiy xizmatlar
- Tibbiy-transport xizmatlari
- Baxtsiz hodisalarda sugʼurtalash
SUGʼURTA SHARTLARI
Bitta Sugʼurtalovchi uchun sugʼurta summasi | 60 000 |
Shu jumladan, oʼlimdan sugʼurtalash | 2000 |
Xizmatlar roʼyxati | |
Tibbiy xizmatlar | 30 000 gacha |
Stomatologik yordam | 200 gacha |
Tashxis qoʼyish | 700 gacha |
COVID-19ʼga chalinganda yordam | yoʼq |
Tibbiy-transport xizmatlari, shu jumladan: | 28 000 gacha |
Tibbiy evakuatsiya | 6000 gacha |
Hamrohlik qiluvchi shaxsni tashish (ekonom-klass) | 6000 gacha |
Sugʼurtalangan shaxs va/yoki uning voyaga yetmagan bolalari (ekonom klass) | 5000 gacha |
Qidiruv-qutqaruv chora-tadbirlari | 2000 gacha |
Vaqtinchalik yashash mamlakatida dafn etish | 2000 gacha |
Repatriatsiya | 7000 gacha |
Barcha sugʼurta summalari yevroda |
SUGʼURTA POLISINING AMAL QILISH MUDDATI
Sugʼurta muddati Sugʼurtalanuvchi shaxsning va/yoki Sugʼurtalangan shaxsning chet elda boʼlish muddatiga mutanosib ravishda, lekin bir yildan ortiq boʼlmagan muddatga belgilanadi.
Sugʼurta polisini rasmiylashtirish sanasi sugʼurta davrining boshlanish sanasiga toʼgʼri kelishi mumkin emas.
Sugʼurta muddati Sugʼurtalangan shaxs Sugʼurta polisi amal qiladigan hudud chegarasini kesib oʼtgan (borgan davlatini tark etishda pasportga chegara xizmatlari belgisi qoʼyilgan) paytdan boshlab, lekin Sugʼurta polisida Sugʼurta polisining amal qilish muddati sifatida koʼrsatilgan kun soat 23:59:59 dan kechikmay tugaydi.
Sugʼurtalangan shaxsning sugʼurta muddati tugagan kunda uning tegishli tibbiy xulosa bilan tasdiqlanadigan Sugʼurta hodisasi tufayli kasalxonaga yotqizilishi sababli chet eldan qaytishi imkonsiz boʼlsa, Sugʼurtalovchi oʼz majburiyatlarini sugʼurta summasi doirasida bajarishda davom etadi.
POLISNING AMAL QILISH HUDUDI
AQShʼdan tashqari, dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi.
Sugʼurta polisi doimiy yashash joyi boʼlgan mamlakat/Sugʼurtalangan shaxs fuqarosi boʼlgan mamlakat/Sugʼurtalangan shaxsga istiqomat uchun guvohnoma bergan mamlakat hududida amal qilmaydi.
SUGʼURTA PULI
Sugʼurta puli Sizning yoshingiz, jinsingiz va boradigan davlatingizga qarab avtomatik tarzda hisoblanadi.
BAXTSIZ HODISA ROʼY BERGANDA
Sugʼurta hodisasi sodir boʼlgan taqdirda, Sugʼurtalangan shaxs yoki uning vakili Sugʼurta polisida koʼrsatilgan telefon yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda Yordam xizmatiga murojaat qiladi va imkoni boʼlishi bilan operatorga roʼy bergan hodisa haqida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda xabar beradi:
- Sugʼurtalangan, yordamga muhtoj shaxsning ismi va familiyasi;
- Sugʼurta polisining raqami va sugʼurtalash davri;
- Sugʼurtalovchining nomi;
- roʼy bergan hodisaning holati va kerak boʼlgan yordamning xarakteri tavsifi;
- joyi va qayta bogʼlanish uchun telefon raqami
SUGʼURTALOVCHINING REKVIZITLARI
Toʼliq nomi: “GROSS INSURANCE” MChJ sugʼurta kompaniyasi
Pochta manzili: Oʼzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Amir Temur koʼchasi, 1-yoʼlak, 6-uy
Elektron pochta manzili yoki rasmiy internet-resurs: www.gross.uz / info@gross.uz
Davlat roʼyxatidan oʼtganlik toʼgʼrisidagi maʼlumotlar: Jamiyat Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 17-noyabrda 103-son bilan roʼyxatga olingan.
Litsenziya haqida maʼlumotlar: SF-00214 litsenziya Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2016-yil 25-aprelda berilgan.